09:30 / 15.03.2021
1 306

Bugundan O‘zbekistonda havo iliy boshlaydi

Bugundan O‘zbekistonda havo iliy boshlaydi
Bugun, 15 mart kuni ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 3-8 daraja iliqqacha ko‘tariladi, shimolda 0-5 daraja sovuq atrofida bo‘ladi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.

Poytaxtda havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 6-8 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3 daraja sovuq - 2 daraja iliq bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » O‘zbekiston » Bugundan O‘zbekistonda havo iliy boshlaydi