22:55 / 20.03.2021
1 909

O‘zbekiston MDH davlatlari orasida eng baxtli mamlakat bo‘ldi

O‘zbekiston MDH davlatlari orasida eng baxtli mamlakat bo‘ldi
World Happiness Report dunyodagi eng baxtli mamlakatlar reytingini e’lon qildi. Reytingda mamlakatlardagi umr ko‘rish davomiyligi, ijtimoiy yordam, korrupsiya va shu kabi muhim omillar hisobga olingan.

2018–2020 yillardagi umumiy ko‘rsatkichlar keltirilgan reytingda O‘zbekiston 42-o‘rinni band etgan. Ro‘yxatdagi yetakchilik esa Finlandiyaga tegishli.

Shuningdek, Qozog‘iston – 45, Qirg‘iziston – 67, Tojikiston – 97-o‘rinni egallagan. Reytingdagi eng oxirgi o‘rinlar esa Ruanda, Zimbabve hamda Afg‘oniston joy olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston MDH davlatlari orasida eng baxtli mamlakat bo‘ldi