18:48 / 23.03.2021
5 656

Qizil lavlagini har kuni iste’mol qilish uchun 6 sabab

Qizil lavlagini har kuni iste’mol qilish uchun 6 sabab
Foto: «Domashniy ochag»
Ko‘pincha ratsionga juda keng tarqalgan hamda o‘ta foydali lavlagi sabzavotini qo‘shish unutib qo‘yiladi. Faqatgina bayram kunlarida lavlagili salat iste’mol qilish esa urfga aylangan. Ammo ushbu sabzavot sog‘liq uchun shunchalar foydaliki, hattoki dasturxondagi ko‘plab qimmatbaho taomlarning o‘rnini bosishi mumkin.

Qon bosimini tushiradi
Odatda inson yoshi o‘tgan sayin qon bosimi oshishidan shikoyat qiladi. Buning oldini olishning eng oddiy usuli esa yangi siqilgan lavlagi sharbatini ichishdir. Olimlarning uning ta’sirini sabzavot tarkibidagi nitratlarning ko‘pligi bilan izohlaydi, ular azot oksidiga aylanadi va qon tomirlarini kengaytirib, bosimni bir necha darajaga pasaytiradi. Albatta, shifokor buyurgan maxsus tabletkalarni lavlagi bilan almashtirish mumkin emas, ushbu usul profilaktika chorasi sifatidagina ishlatilishi mumkin.

Mikroflorani me’yorlashtiradi
Lavlagi tarkibida tabiiy shakar miqdori yuqori bo‘lib, u ichaklarda mavjud mikroflora uchun ozuqa manbayi hisoblanadi. Shuningdek, lavlagi ko‘plab kletchatkaga boy bo‘lib, u ichaklardagi keraksiz yog‘ va toksinlarni chiqarib tashlashga yordam beradi hamda organizmni tozalaydi.

Energiya manbayi
Sabzavotda o‘simlik oqsili ham mavjud bo‘lib, u o‘z navbatida mushaklar mustahkamligi hamda elastiligi uchun javobgardir. Mushaklar massasini yo‘qotgan inosnlar uning o‘rnini to‘ldirishi uchun yetarlli miqdorda o‘simlik oqsilini iste’mol qilishi zarur.

Ateroskleroz bilan kurashadi
Lavlagi tarkibi magniyga boy bo‘lib, u aterosklerozning oldini olishda hamda asab tizimini me’yorlashtirishda samarali ekanligi isbotlangan. Qon-tomirlarga yaxshi ta’sir o‘tkazishining yana bir sababi esa uning tarkibida organik kislotaning ko‘pligidir. Bu esa qonda tromblar hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi.

Depressiyaning oldini oladi
Shuningdek, sabzavot tarkibidagi magniy va B vitaminlari depressiya rivojlanish ehtimolini kamaytirishga yordam beradi. Asab tizimini mustahkamlaydi. Agar organizmda B vitamin yetarli darajada bo‘lsa, asabiylashish, charchoq yo‘qoladi va uyqu me’yoriga keladi. Tadqiqotchilar lavlagi va ko‘katni birgalikda iste’mol qilishni depressiya xavfi kamayishi bilan bog‘laydi. Chunki ular tarkibidagi tabiiy shakar ichakdagi foydali bakteriyalarni ozqilantiradi. Miyaga foydali ta’sir o‘tkazadigan gormonlar va neyromediatorlarning paydo bo‘lishida ishtirok etadi.

Ko‘rish qobiliyatini saqlashga yordam beradi
O‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, lavlagi tarkibidagi nitratlar nafaqat yuqori qon bosimiga qarshi kurashadi, balki yosh bilan bog‘liq ko‘rish qobiliyatini saqlashga ham yordam beradi. Ko‘zning ravshan ko‘rishi uchun iloji borcha lavlagi sabzavotidan iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Qon bosimini pasaytirish va aterosklerozning oldini olish uchun foydali bo‘lgan vitamin va antioksidantlar ko‘p miqdorda xom lavlagi va uning sharbati tarkibida mavjud.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Qizil lavlagini har kuni iste’mol qilish uchun 6 sabab