21:42 / 26.03.2021
1 835

Toshkentda 99 yoshli ayol koronavirusdan sog‘ayib chiqdi

Toshkentda 99 yoshli ayol koronavirusdan sog‘ayib chiqdi
Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 14 mart kuni koronavirus tashxisi bilan olib kelingan 99 yoshli T. T. kasallikdan sog‘aydi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bemorda o‘tkazilgan PZR testi natijalari musbat chiqqan, rentgen tekshiruvlarida ikki tomonlama gidrotoraks suyuqlik aniqlangan.

«Davolash jarayonida torakal jarrohlik yo‘li bilan bemorning o‘pkasidan 10 kun davomida 4 marta, jami 2 litr suyuqlik olindi. Bemor kichik operatsiyadan ham muvaffaqiyatli chiqdi, ikki hafta davomida intensiv davo muolajalari o‘tkazildi. Shu tarzda bemorning ahvoli ijobiy tomonga o‘zgara boshladi. Nihoyat, muolajalardan so‘ng olingan PZR testi manfiy natijani ko‘rsatdi», — deydi shifoxonaning reanimatsiya bo‘limi mudiri Dono Jo‘lamanova.

Bundan tashqari, bemorda hamroh kasalliklar ham mavjud bo‘lgan. Bemordagi yurak yetishmovchiligi asoratlari ham tezda bartaraf etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda 99 yoshli ayol koronavirusdan sog‘ayib chiqdi