00:30 / 01.04.2021
2 628

Nima uchun Rossiya va O‘zbekiston harbiy hamkorlikni kuchaytirmoqda?

Nima uchun Rossiya va O‘zbekiston harbiy hamkorlikni kuchaytirmoqda?
O‘zbekiston va Rossiyaning harbiy sohasidagi hamkorligi - mintaqaviy barqarorlikni saqlashning eng muhim omili, bu AQSH va uning ittifoqchilaridan iborat bo‘lgan harbiy guruhning mag‘lubiyati va Afg‘onistondan chiqib ketishi fonida yanada aniq namoyon bo‘lmoqda.

Moskva-Toshkent harbiy hamkorligining rivojlanish dinamikasi postsovet hududida xavfsizlik va barqarorlik ko‘p jihatdan Rossiya bilan integratsiyaga bog‘liqligini isbotlamoqda. Ikki davlat oliy harbiy rahbariyati o‘rtasida ikki tomonlama muzokaralar muntazam ravishda olib borilmoqda va o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan eng muhim yo‘nalishlarini aniqlashga imkon bermoqda.

29 mart kuni Moskvada O‘zbekiston va Rossiya Bosh shtablari rahbarlari Shuhrat Holmuhammedov va Valeriy Gerasimov uchrashuv o‘tkazishdi. Harbiy boshliqlar ikki tomonlama hamkorlik natijalarini tahlil qilib, kelgusidagi harakatlar istiqbollarini belgilab olishdi. Shu o‘rinda Valeriy Gerasimov RF Mudofaa vazirligida O‘zbekistonni Rossiyaning Markaziy Osiyo mintaqasidagi strategik sherigi deb bilishini ta’kidladi. Shuhrat Holmuhammedov esa Rossiya harbiy sohada O‘zbekistonning asosiy ittifoqchisi va milliy qurolli kuchlari uchun eng yirik qurol yetkazib beruvchisi ekanligini aytdi.

Global Firepower harbiy qudrat global reytingida O‘zbekiston 140 ta davlatdan munosib 51-o‘rinda va Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida yetakchi o‘rinni egallamoqda. Toshkentning mudofaa sohasidagi yutuqlari ko‘p jihatdan Moskva bilan harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik tufayli erishildi, Rossiya O‘zbekiston armiyasi uchun mutaxassislar tayyorlashga ko‘maklashmoqda va Rossiya ichki narxlarida qurol-yarog‘ yetkazib bermoqda. O‘zbekiston - bunday imtiyozga ega bo‘lgan KXSHT (ODKB) zonasi va Bojxona ittifoqidan tashqaridagi yagona MDH davlati hisoblanadi.

Toshkent qanday qurol-yarog‘larni afzal ko‘rmoqda – bu zarba aviatsiyasi, havo hujumidan mudofaa tizimlari, quruqlikdagi qo‘shin uchun zirhli transport vositalari. O‘zbekiston armiyasi 12 ta amaldagi shartnomalar asosida Su-30SM qiruvchilari (Rossiya davlati eksport krediti hisobidan), Mi-35M hujum vertolyotlari, BTR-82A zirhli transportyorlari va zamonaviy “Sopka-2” radiolokatsion tizimlarini qabul qilmoqda.

O‘zbekiston harbiy budjeti yalpi ichki mahsulotning 4 foiziga yetadi va yaqin o‘n yillikda Rossiya O‘zbekiston uchun eng muhim qurol yetkazib beruvchi bo‘lib qolaveradi. RF Mudofaa vazirligi oliygohlarida 300 nafardan ortiq o‘zbekistonlik harbiy xizmatchi tahsil olmoqda.

Afg‘oniston prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Hamdulla Mohib chet el kuchlari barvaqt chiqib ketgan taqdirda fuqarolar urushining yangi bosqichi xavfi haqida ogohlantirdi. “Tolibon” aprel oyi oxirigacha xorijiy qo‘shin chiqib ketmasa, ularga qarshi hujumlarni qayta boshlashga tayyorligini e’lon qildi. AQSH Afg‘onistondan faqat Ittifoq kuchlari (NATO) bilan birga chiqib ketishni va’da qilmoqda, Germaniya parlamenti esa 26 martda Afg‘onistondagi Bundesver missiyasining 2022 yil 31 yanvargacha uzaytirilishini ma’qulladi. Chap qo‘l o‘ng qo‘l nima qilayotganini bilmayapti, shekilli.

Ayni paytda "toliblar"ning Afg‘onistonida "Islom davlati"* terrorchilik tashkilotining ta’siri kuchayib bormoqda, avvalroq unga tajovuzkor "O‘zbekiston islom harakati"* jangarilari qasamyod qilishgan. Mintaqada afg‘on narkotrafigi kamaymayapti. Narkotik savdogarlarining yillik daromadi taxminan 30 milliard dollarni tashkil etadi. Mablag‘larning muhim qismi terrorizm va diniy ekstremizmni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilmoqda. Yuzaga kelgan vaziyatda Toshkent va Moskva o‘rtasida hamkorlik aniq zarur.

Ikki tomonlama munosabatlarning asoslari
O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari Abdulaziz Kamilov va Sergey Lavrov mart oyi boshida prezident Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga ikkinchi davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalasini muhokama qildilar. Tashrif doirasida 30 dan ortiq hujjat, shu jumladan ikki davlat o‘rtasida har tomonlama va strategik sherikchilik to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzolash rejalashtirilgan. Birinchi navbatda – kun tartibida iqtisodiyot, ammo harbiy va siyosiy masalalar ham o‘rin olgan.

Afg‘onistondagi vaziyat
Rossiya Markaziy Osiyoda ishonchli xavfsizlik tizimini shakllantirishdan g‘oyat manfaatdor va ko‘p narsalarni beg‘arazlik bilan qilmoqda. Amerikaliklar mintaqani faqat o‘z ehtiyojlari va loyihalari uchun, MDH davlatlari manfaatlarini hisobga olmasdan "moslashtirishga" harakat qilmoqda.

O‘zbekiston xavfsizligi uchun asosiy muammo - qo‘shni Afg‘onistondagi vaziyat, u yerda "hammaning hammaga qarshi urushi" davom etmoqda, “Tolibon” esa shimoliy chegara hududlarini o‘z nazorati ostiga olmoqda. Afg‘onistonlararo tinchlik muzokaralari -shunchaki konstruktiv jarayon emas, Pentagon va NATO qo‘shinlarining "chekinishi" uchun rasmiy bahona. Mamlakatdan qo‘shin olib chiqish jadvali va muzokaralar jadvali bajarilmayapti. Bularning barchasi - AQSHning 20 yillik harbiy operatsiyalarning mahsuli.

Yaqindan o‘zaro hamkorlikning tiklanishi O‘zbekiston uchun ham, Rossiya uchun ham foydali, 2020 yil yakunlari bo‘yicha RF respublikaning asosiy savdo sheriklari orasida ikkinchi o‘rinni egalladi. O‘zbekiston Rossiya bilan harbiy-texnikaviy hamkorlikni kengaytirishdan, Rossiya yordamida milliy mudofaa sanoati majmuasini shakllantirishdan manfaatdor (dastlab, respublikada Rossiya qurollarini litsenziyali bilan ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi mumkin).

O‘zbekiston KXSHTga ikki marta a’zo bo‘lib kirgan va ikki marta - 1999 va 2012 yillarda blokdan chiqib ketgan, garchi tashkilotni yaratish tashabbusi dastlab Toshkentdan chiqqan edi. Respublikaning KXSHTga "uchinchi kelishi" hali kutilmayapti, shunga qaramay, eski do‘st ikki yangi do‘stdan yaxshiroqdir.

O‘zbekistonning Rossiya bilan harbiy-siyosiy yaqinlashuvi 2017 yilda faollashdi (2016 yilda "Harbiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida" bitim imzolangandan so‘ng). 2018 yil oktabr oyida Rossiya va O‘zbekiston mudofaa vazirlari Toshkentda havo hududidan o‘zaro foydalanish to‘g‘risida bitim imzoladilar. Qo‘shinlarning qo‘shma manevrlari qayta tiklandi. Tarixiy taqdirlarning irodasi bilan ikki davlat doimiy harbiy va harbiy-texnik hamkorlik olib boradi.

* RF va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilot
Aleksandr Xrolenko

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Nima uchun Rossiya va O‘zbekiston harbiy hamkorlikni kuchaytirmoqda?