16:24 / 02.04.2021
2 864

Dam olish kunlari yomg‘irli ob-havo bo‘lishi kutilyapti

Dam olish kunlari yomg‘irli ob-havo bo‘lishi kutilyapti
Gidrometeorologiya xizmati dam olish kunlarida kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Bugun O‘zbekistonning ko‘pchilik hududlarida kechasi havoda va tuproqda 1-2° gacha bo‘lgan sovuq kuzatildi, bunday sovuq bo‘lishining sababi sovuq antisiklondir, u bizning hududimizga G‘arbiy Sibirning janubiy hududlaridan kirib keldi. Kunduzi antisiklon sharqga qarab siljiydi va Eron hududidan iliq havo kirib kelishi boshlanadi, havo 12-17° iliqgacha isiydi.

Ertaga iliq havoning kirib kelishi kuchayadi, kechasi harorat 0-5° iliqni tashkil etadi, kunduzi harorat 19-22° iliqgacha ko‘tariladi, bu aprel oyi boshidagi o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlaridan 2-3° yuqoridir. Respublika bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat shimoliy hududlar bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Yakshanba kuni nam havo massasi respublikaning barcha hududlarini qamrab oladi. Barcha joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 8-13o iliqni tashkil etadi, kunduzi 11-16° iliqdan yuqori bo‘lmaydi. Shimoliy hududlarda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir va momaqaldiroq bilan kuzatiladigan atmosfera fronti kechqurun bo‘lib o‘tadi.

Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysida kechasi va kunduzi 5 aprelda yomg‘ir yog‘ishi saqlanib turadi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 4-5 aprelda yomg‘ir yog‘ishi kuchli bo‘ladi, buning hisobiga ushbu hududlarda sel kelishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Dam olish kunlari yomg‘irli ob-havo bo‘lishi kutilyapti