O‘zbekiston YEIga qator mahsulotlarni imtiyozli shartlarda yetkazib berishi mumkin bo‘ldi. O‘zbekistonning YEI GSP+ dasturiga a’zo bo‘lgani bunga imkon beradi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda Kun.uz.
Shu vaqtga qadar YEI GSP+ dasturiga Armaniston, Boliviya, Kabo Verde, Qirg‘iziston, Mongoliya, Pokiston, Filippin, Shri Lanka davlatlari to‘liq a’zo hisoblanadi.
Bu dastur Yevropa Ittifoqi bozorlariga rivojlanayotgan mamlakatlardan kelayotgan qishloq xo‘jaligi va boshqa ayrim turdagi mahsulotlar eksportiga berilgan imtiyozlardir.
Dasturga to‘liq a’zo bo‘lgan davlat Yevropa Ittifoqi bozorlariga 3000ga yaqin mahsulotlarni bojxona to‘lovlarisiz, 3200 turdagi mahsulotlarni esa pasaytirilgan stavkalar bo‘yicha eksport qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
GSP+ dasturiga kirishdan manfaatdor mamlakat muayyan shartlarni bajarishi talab etiladi. Jumladan, inson huquqlari va asosiy mehnat standartlari sohasida 16 ta, atrof-muhitni muhofaza qilish va samarali boshqaruv sohasida 11 ta – jami 27 xalqaro konvensiyalarni ratifikatsiya qilishi va samarali amalga oshirishi lozim. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi