16:12 / 26.04.2021
2 561

Ushbu haftada yurtimizda jazirama ob-havo bo‘lishi kutilmoqda


«O‘zgidromet» haftalik ob-havo ma’lumotini taqdim etdi.
25 apreldan boshlab mamlakatimizga juda iliq havo massalari jadal kirib kelishi boshlandi. O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha aprel oyining oxiriga qaraganda yozning boshi uchun xos bo‘lgan ochiq ob-havo harorati kuzatildi.

Bugun va ish haftasining davomida harorat me’yordan 5-8° ga ko‘p bo‘ladi. Havo harorati kechalari 14-17°, kunduz kunlari 32-35°, janubda va cho‘l hududlarida 37-38° gacha bo‘ladi. Kunduzgi harorat shu kunlar uchun bo‘lgan mutloq maksimumga yaqinlashadi.

Haftaning oxirida Kaspiy dengizining shimoliy hududlaridan salqin va biroz nam havo massalari kirib keladi. Respublika hududida havo bulutli bo‘lishi kutilmoqda, lekin yog‘ingarchilik ehtimoli kam bo‘ladi. Kunduz kuni harorat 27-32° gacha biroz pasayadi, ammo me’yordan yuqori bo‘lib qoladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Ushbu haftada yurtimizda jazirama ob-havo bo‘lishi kutilmoqda