“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat kechga tomon Toshkent viloyatida, shuningdek tog‘oldi va tog‘li hududlarda konvektiv bulutlilik rivojlanishida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Aksariyat viloyatlarda kunduz kuni havo 40-43 daraja issiqqacha, janubda ba’zi joylarda 44-46 darajagacha ko‘tariladi. Kavkaz hududlaridan kirib kelayotgan kuchsiz antisiklon ta’sirida respublika shimolida havo harorati pasayadi va 33-38 daraja issiqni tashkil etadi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha, ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan kuchayishi saqlanib turadi.
Ertaga Kavkaz hududlaridan kirib kelgan salqin havo respublikaning katta qismini qamrab oladi, buning hisobiga havo harorati pasayadi. O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Toshkent viloyatida, tog‘oldi va tog‘li hududlarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Havo harorati kechalari 24-27 daraja issiq atrofida bo‘ladi, kunduz kunlari esa harorat pasayadi va 34-38 daraja issiqni, respublikaning eng janubida 41-43 daraja issiqni tashkil etadi.
Bunday harorat foni hafta oxirigacha davom etadi, ammo harorat me’yordan hali ham yuqori bo‘ladi va kechalari 20-25 daraja issiqni, kunduz kunlari 34-39 daraja issiqni, respublikaning eng janubida 41-43 daraja issiqni tashkil etadi. Ushbu davrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat tog‘oldi va tog‘li hududlarda konvektiv bulutlilik rivojlanishida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 8-9 iyun kunlarida shamolli ob-havo saqlanib turadi, respublika bo‘yicha shamol 17-22 m/s gacha, ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan kuchayishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi