10:24 / 25.06.2021
3 536

O‘zbekistonga qisqa muddat salqin havo kirib keladi


25 iyun kunduz kuni O‘zbekistonda haroratning biroz pasayishi kutilmoqda, bunday holat qisqa muddatga salqin havo kirib kelishi hisobiga sodir bo‘ladi.

Respublika bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 30-35° ni tashkil etadi.

Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo‘ladi. Shamol 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 32-34° gacha isiydi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqalidroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-27° bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonga qisqa muddat salqin havo kirib keladi