18:14 / 06.07.2021
17 914

O‘zbekistonda 7-iyul kuni 46 darajagacha issiq bo‘lib, changli bo‘ron kuzatilishi mumkin


“O‘zgidromet” 7-iyul, chorshanba kuni qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi. Unga ko'ra:

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 25-27 daraja, kunduzi 41-43 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, Ustyurtda ba’zida 23-28 metr/sekundgacha changli bo‘ron bilan kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 24-29 daraja, kunduzi 40-45 daraja bo‘ladi.

Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 24-29 daraja, kunduzi 41-46 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 24-29 daraja, kunduzi 41-46 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 17-22 metr/sekundgacha kushayishi mumkin. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 38-43 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 17-22 metr/sekundgacha kuсhayishi mumkin. Harorat kechasi 25-30 daraja, kunduzi 41-46 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 38-43 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 16-21 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 6—8-iyul kunlari Eron hududlaridan issiq havo massalarining kirib kelishi tufayli jazirama issiq kuchayishi kutilayotgani, ushbu kunlarda havo harorati iqlimiy me’yorlardan 5-8 darajaga yuqori bo‘lishi ma’lum qilingandi. Bu O‘rta Osiyo hududlari ustida termik depressiya kuzatilishi hisobiga yuz beradi. 9-iyul, juma kunidan boshlab respublika hududiga Volga bo‘yi hududlaridan deyarli salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi va issiq asta-sekin pasayishni boshlaydi.

Prezident Administratsiyasi hukumat va viloyat hokimliklari, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari rahbarlariga havo harorati keskin ko‘tarilishi oqibatida yuzaga keladigan noxush holatlarning oldini olish maqsadida shoshilinch tarzda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarni yuborgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda 7-iyul kuni 46 darajagacha issiq bo‘lib, changli bo‘ron kuzatilishi mumkin