10:01 / 26.07.2021
2 332

Vazirlar Mahkamasi faoliyatiga ayrim o‘zgartirishlar kiritildi

Vazirlar Mahkamasi faoliyatiga ayrim o‘zgartirishlar kiritildi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan VMning 4.04.2020 yildagi «O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi – xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti boshlig‘ining funksional vazifalari hamda xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida»gi qaroriga o‘zgartirishlar kiritildi.

Hujjat Prezidentning «Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining maslahatchisi – xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti boshlig‘ining funksional vazifalari to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar kiritildi. Xususan, uning faoliyatining asosiy yo‘nalishlari jumlasiga quyidagilar kiritildi:
  • Prezidentning 10.02.2021 yildagi PF-6166-son farmoni hamda 31.05.2021 yildagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq qonunlar, Prezidentning hujjatlari va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi ta’minlash;
  • Prezidentning 10.02.2021 yildagi PF-6166-son farmoni va 31.05.2021 yildagi PQ-5132-son qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining 12.01.1999 yildagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash.
Bosh vazir maslahatchisiga qonunlar, Prezidentning hujjatlari va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi hamda ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash yuzasidan javobgarlik yuklatildi.

Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti tuzilmasiga makroiqtisodiy, soliq siyosati, moliya bozori, tashqi va o‘zaro savdo statistikasi sohasida hamkorlik masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimi kiritildi. Uning tuzilmasidan tashqi va o‘zaro savdo statistikasi masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimi chiqarib tashlandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » O‘zbekiston » Vazirlar Mahkamasi faoliyatiga ayrim o‘zgartirishlar kiritildi
[/banner_pushhouse