BMT Bosh Assambleyasining 2021 yil 18 maydagi «Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish to‘g‘risida»gi maxsus rezolyutsiyasini amalga oshirish choralari to‘g‘risidagi Prezident qarori (PQ–5202-son, 29.07.2021 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Nukus shahrida «Yosh olimlar akademiyasi» hamda yosh olimlar, startap loyihalar egalari, tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Yoshlar texnoparki tashkil etiladi.
Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi huzurida o‘simliklar urug‘lari genbanki bilan ta’minlangan laboratoriya, biznes-akselerator o‘quv markazi ochiladi.
Yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan o‘simlik va hayvonot dunyosi ob’ektlari elektron xaritalanib, ma’lumotlar bazasi yaratiladi. Shaxslarning yuzi bo‘yicha aniqlash texnologiyasi joriy etiladi.
Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanib avtonom ichimlik sho‘r suvni tuzsizlantirish texnologiyasi ishlab chiqiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2,5 ming gektar maydonda paxta, g‘alla, kunjut, makkajo‘xori va chorva ozuqasi ekinlarini sug‘orishda yomg‘irlatib sug‘orish tizimi joriy etiladi.
Sinov laboratoriyalari modernizatsiya qilinib (oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika, yengil sanoat), namunalarni laboratoriyaga yetkazish bo‘yicha logistika xizmati yo‘lga qo‘yiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi