14:47 / 10.08.2021
2 262

Milliy bog‘dan Yunusobod tumanigacha veloyo‘lak tashkil etish rejalashtirilmoqda


Qayd etilishicha, unda O‘zbekiston bosh vaziri maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i Olimjon Umarov, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos hamda boshqalar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida poytaxtda yangi – Velos sity loyihasi yo‘lga qo‘yilishi haqida axborot berildi. Unga ko‘ra, Toshkent markazidagi Milliy bog‘dan Yunusobod tumanining 12-dahasigacha veloyo‘lak tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

Loyihaga ko‘ra, veloyo‘lak yo‘nalishi 13 ta joydan o‘tadi. Ular orasida “Xalqlar do‘stligi” metro bekati, “O‘zbekiston” metro bekati, “SUM”, Temuriylar tarixi muzeyi, Oloy bozori, “Minor” metro bekati, Bodomzor ko‘chasi, TATU, Toshkent teleminorasi (Shahriston ko‘chasi), “Universam”, “Megaplanet” gipermarketi bor. Loyiha haqida boshqa qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.
Shuningdek, tadbirda “Toshshahartransxizmat” mutaxassislari tomonidan “Toshkent transporti” mobil ilovasi taqdimoti ham o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, endilikda mazkur mobil ilova foydalanuvchilari shahar jamoat transporti harakat tarkibini real vaqtda kuzatish, avtobuslar safar vaqti haqida ma’lumotga ega bo‘lish, foydalanuvchi turgan joyga eng yaqin bo‘lgan oraliq bekatlar to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish, manzilga eltuvchi eng tezkor va foydali yo‘nalishga ega bo‘lish, shahar jamoat transportida harakatlanishning eng maqbul usulini topish, harakatlanish chizmasi, lokatsiyasi hamda avtobuslar va foydalanuvchi harakat tarixini saqlash, elektron transport kartalari sotish shoxobchalari joylashuvini tezkorlik bilan topish va ushbu manzilga harakatlanuvchi avtobus yo‘nalishini ko‘rish hamda shaxsiy transport vositasidan foydalanmagan holda yo‘nalishning A nuqtadan B nuqtasiga borish bo‘yicha aniq qo‘llanmaga ega bo‘lishlari mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Milliy bog‘dan Yunusobod tumanigacha veloyo‘lak tashkil etish rejalashtirilmoqda