15:18 / 10.08.2021
2 852

Prezident «Transport to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi


Qonunga ko‘ra, avtomobil, havo, temir yo‘l, suv, elektr transporti, metropoliten va transport infratuzilmasi ob’ektlari O‘zbekistonning yagona transport tizimini tashkil etadi.

Davlat organlari va mansabdor shaxslar transport tashkilotlarining xo‘jalik faoliyatiga aralashishga hamda ular xodimlarini boshqa ishlarga jalb etishga haqli emas. Transport vazirligi sohada maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Qonunga ko‘ra, transport vositalari muvofiqlik yoki transport vositasi turini ma’qullash sertifikatiga ega bo‘lishi va ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.

Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan transportlarni O‘zbekistonga olib kirish, ishlab chiqarish, sotish yoki ulardan foydalanish taqiqlanadi.

Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida yuklarni tranzit olib o‘tish chog‘ida tranzit yuklar va hujjatlar identifikatsiya qilinadi.

O‘zbekistonda tovarlar va transport vositalariga nisbatan bajariladigan operatsiyalardan kelib chiqqan holda xalqaro va hududiy transport-logistika markazlari tashkil etilishi mumkin.

Transport-logistika markazlari ularga har qanday turdagi transportda kirib kelayotgan hamda olib chiqilayotgan yuklarni omborga joylashtirish, saqlash, ularga ishlov berish, qayta ishlash, qadoqlash va taqsimlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi.

Vakolatli organlar vokzalda, aerovokzalda, aeroportda, metropolitenda va avtostansiyaga kirish joyida transport vositasini, bagajni, yuk bagajini va yukni, yo‘lovchilarni va boshqa shaxslarni ko‘zdan kechirishdan o‘tkazishi mumkin.

Foydali qazilmalar joylashgan maydonlarda transport tashkilotlarining ob’ektlarini loyihalashtirish va qurish, ular joylashgan yerlarda yer osti inshootlarini joylashtirish taqiqlanadi. Alohida hollarda, loyihalashtirish va qurishga Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi.

Transport tashkilotlari va tashuvchilar faoliyati transport harakatlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan hamda mehnat sharoitlari o‘ta zararli va o‘ta og‘ir sharoitlarda band bo‘lgan xodimlarning dastlabki hamda davriy tibbiy ko‘riklardan o‘tkazilishini tashkil etishi shart.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezident «Transport to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi