15:10 / 29.08.2021
2 371

Toshkent shahri va viloyatida 30 avgust kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Toshkent shahri va viloyatida 30 avgust kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
Respublika Gidrometeorologiya markazi 30 avgust, dushanba kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini taqdim etdi.
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kam miqdorda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3—8 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 10—12 metr/sekund tezlikkacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18—20 daraja iliq, kunduzi 32—34 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15—20 metr/sekund tezlikkacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15—20 daraja iliq, kunduzi 29—34 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15—20 daraja iliq, kunduzi 33—38 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15—20 daraja iliq, kunduzi 30—35 daraja issiq bo‘ladi.

Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15—20 daraja iliq, kunduzi 30—35 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17—22 daraja iliq, kunduzi 33—38 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15—20 daraja iliq, kunduzi 30—35 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12—17 daraja iliq, kunduzi 20—25 daraja iliq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent shahri va viloyatida 30 avgust kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda