10:22 / 15.10.2021
1 142

Bozorlardagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi ma’lum qilindi

Bozorlardagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi ma’lum qilindi
Davlat statistika qo‘mitasi 2021 yil 13 oktabr kungi hududiy markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, suyakli mol go‘shtining 1 kilogrammi narxi 45 000 - 68 000 so‘mni tashkil qildi. Shuningdek, boshqa asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi quyidagicha:
qo‘y go‘shti (1 kilogramm) — 52 000—80 000 so‘m;
kartoshka (1 kilogramm) — 2500—6500 so‘m;
piyoz (1 kilogramm) — 1200—3500 so‘m;
sabzi (1 kilogramm) — 2000—9000 so‘m;
tuxum (10 dona) — 6000—14 000 so‘m;
guruch (1 kilogramm) — 5000—17 500 so‘m;
o‘simlik yog‘i (1 litr) — 14 000—24 000 so‘m;
shakar (1 kilogramm) — 7500—9000 so‘m.
Narxlarni o‘rganishda dehqon bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari inobatga olingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » O‘zbekiston » Bozorlardagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi ma’lum qilindi