09:50 / 20.10.2021
1 379

«O‘zgidromet» havo harorati keskin pasayishi kutilayotganini ma’lum qildi

«O‘zgidromet» havo harorati keskin pasayishi kutilayotganini ma’lum qildi
Respublika Gidrometeorologiya markazi 21—22 oktabrda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam va sovuq havo massalari kirib kelishini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, shu kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, ko‘rinuvchanlik yomonlashadi.

Havo harorati 10-13 darajaga, 21 oktabrda kunduz kuni 8-13 daraja iliqqacha, 22 oktabrda kechasi 2 daraja sovuq—3 daraja iliqqacha pasayishi kutilmoqda.

21—22 oktabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » «O‘zgidromet» havo harorati keskin pasayishi kutilayotganini ma’lum qildi