15:00 / 21.10.2021
2 643

Prezident belgisi va bayrog‘i joriy etilmoqda

Prezident belgisi va bayrog‘i joriy etilmoqda
“Oliy Majlis Senati yalpi majlisida Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan 3 ta moddadan iborat “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga qo‘shimcha kiritish haqida”gi qonun muhokama qilindi”, deb xabar bermoqda parlament yuqori palatasi axborot xizmati.

Qonun bilan Prezidentning farqlovchi belgilari, ya’ni o‘z belgisi va shtandarti (bayrog‘i)ni joriy qilish taklif etilmoqda. Qonunda belgi va shtandart (bayrog‘i) tavsifi, ulardan rasmiy foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanishi nazarda tutilgan.

Davlat rahbarining farqlovchi belgilarini joriy qilgan xorijiy davlatlarda davlat rahbarining belgisi va shtandarti yangi saylangan Prezidentga qasamyod qabul qilgandan keyin inauguratsiya paytida topshirilishi belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ushbu masalalar tartibga solinmagani bois, qonunchilikni tegishli mazmundagi norma bilan to‘ldirish taklif etilmoqda.

Qonunni ishlab chiqishda milliy qonun hujjatlari, yurist-olimlar fikrlari, xorijiy mamlakatlar, shu jumladan Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Ozarboyjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston tajribasi o‘rganilgan.

Qonunning qabul qilinishi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligini ilg‘or xorijiy tajribaga muvofiq takomillashtirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farqlovchi belgilaridan foydalanish tartibini belgilashga ko‘maklashishi qayd etildi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezident belgisi va bayrog‘i joriy etilmoqda