Foto: Pixabay
Davlat statictika qo‘mitasi Kun.uz so‘roviga binoan 20 yillik davrda O‘zbekistondan ko‘chib ketganlar va mamlakatga ko‘chib kelganlar to‘g‘risidagi statistikani taqdim etdi.
O‘zbekistonga xorijdan ko‘chib kelganlar 2000-2020 yillar oralig‘ida 99 341 nafarni tashkil etdi. Bu davrda eng ko‘p ko‘chib keluvchilar 2005 yilga to‘g‘ri kelgan – 7179 kishi.
Eng kam ko‘chib kelish esa 2020 yilga to‘g‘ri keladi. Pandemiya davrida O‘zbekistonga 1 105 kishi ko‘chib kelgan.
O‘zbekistondan ko‘chib ketganlar esa 1 107 584 kishini tashkil etdi. Eng ko‘p doimiy yashovchi aholi O‘zbekistonni tark etgan davr 2005 yilga to‘g‘ri kelgan, bu paytda 104 991 kishi mamlakatdan ko‘chib ketgan. Eng kam ko‘chib ketish davri esa 2019 yil hisoblanadi, bu yilda 13229 kishi mamlakatni tark etdi.
Raqamlarga ishonadigan bo‘lsak, hozircha, eng kam ko‘chish 10 minglik shkaladan pastga tushmagan. Pandemiya davrida ham 13 648 kishi O‘zbekistondan ko‘chib ketganini kuzatish mumkin.
Statistika O‘zbekistondan ko‘chib ketganlar (1 107 584 kishi) ko‘chib keluvchilar (99 341 kishi) 11 barobar ko‘proqligini ko‘rsatadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi