13:04 / 09.11.2021
1 700

Toshkentda prezident sovrini uchun Xalqaro shaxmat turniri o‘tkaziladi. Sovrin jamg‘armasi 120 ming dollar

Toshkentda prezident sovrini uchun Xalqaro shaxmat turniri o‘tkaziladi. Sovrin jamg‘armasi 120 ming dollar
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi «Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida 2021-yildan boshlab har yili an’anaviy tarzda Toshkent shahrida O‘zbekiston prezidenti sovrini uchun xalqaro shaxmat turnirini o‘tkazish belgilangan.

Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahrida 2021-yil 10-noyabrdan 19-noyabrga qadar «Prezident kubogi» xalqaro shaxmat turniri o‘tkaziladi. Unda 11-noyabr kuni blis turnir o‘tkazilsa, 13, 14 va 16 noyabr kunlari ishtirokchilar ikkitadan turda g‘oliblik uchun o‘zaro dona surishadi.

Musobaqa shveysarcha tizimda ikki bosqichda – guruh bosqichi, yarimfinal (onlayn) va final (7 tur, taxtada) hamda asosiy bosqich (10 tur)da o‘tkaziladi.

«Prezident kubogi» xalqaro shaxmat turnirida 2021-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, FIDЕ reytingi (standart) 1 800 ball va undan yuqori bo‘lgan erkaklar, FIDЕ reytingi 1 600 va undan yuqori bo‘lgan ayollar ishtirok etishi mumkin.

Musobaqaning umumiy sovrin jamg‘armasi 120 000 AQSH dollarini tashkil etadi va bu O‘zbekiston tarixida eng yuqori sovrin jamg‘armasiga ega shaxmat turniri sifatida tarixga kirmoqda.

«Prezident kubogi» xalqaro shaxmat turnirida quyidagi taniqli shaxmatchilar, xalqaro grossmeysterlar ishtirok etish istagini bildirishgan:

1. Sanan Syugirov (Rossiya)
2. Pavel Ponkratov (Rossiya)
3. Rustam Qosimjonov (O‘zbekiston)
4. Shant Sargsyan (Armaniston)
5. Hans Niyemann (AQSH)
6. Mixail Koballia (Rossiya)
7. Ehson Gayemmagami (Eron)
8. Oleksandr Moisenko (Ukraina)
9. Anton Sitnikov (Ukraina)
10. Viktor Dmitrenko (Ukraina)
11. Vyacheslav Zarubitski (Belarus)
12. Dmitro Mishchuk (Ukraina)
13. Vadim Zvyaginsev (Rossiya)
14. Maksim Matlakov (Rossiya)
15. Maksim Chigayev (Rossiya)

Shuningdek, musobaqaga quyidagi xalqaro hakamlar ham taklif etilgan:

1. Alsusi Rajai (Falastin)
2. Mixail Kriukov (Rossiya)
3. Vladimir Poley (Belarus)
4. Ashot Vardapetyan (Armaniston)
5. Ilhom Yunusov (Tojikiston)

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda prezident sovrini uchun Xalqaro shaxmat turniri o‘tkaziladi. Sovrin jamg‘armasi 120 ming dollar