12:25 / 19.11.2021
4 538

Dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
«O‘zgidromet» kelayotgan dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Bugun kunduz kuni respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunning o‘rtasiga kelib, havo 5-10° iliqgacha isiydi.

Dam olish kunlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, sovuq antisiklon sharqiy tomonga qarab siljiydi, havo harorati ko‘tariladi. Ertaga kechasi 1-6° sovuq, kunduz kuni 8-13° iliq bo‘ladi. Yakshanba kuni havo yanada isiydi, kechasi harorat 2° sovuq-3° iliqgacha, kunduz kuni 14-17° iliqgacha ko‘tariladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumoti