13:27 / 01.12.2021
2 327

«O‘zgidromet» 2 dekabr kuni qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

«O‘zgidromet» 2 dekabr kuni qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi
Respublika Gidrometeorologiya markazi 2 dekabr, payshanba kuni qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi. Unga ko‘ra Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-8 daraja iliq, kunduzi 22-24 iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Ba’zida 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Ayrim viloyatlarda changli bo‘ron hamda chang g‘uborlari ko‘tarilish kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 11-16 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, ba’zi joylarda 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Ayrim viloyatlarda changli bo‘ron hamda chang g‘uborlari ko‘tarilish kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Ba’zi joylarda 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin, ayrim viloyatlarda changli bo‘ron hamda chang g‘uborlari ko‘tarilish kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 19-24 daraj iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Ba’zi joylarda 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Ayrim viloyatlarda changli bo‘ron hamda chang g‘uborlari ko‘tarilish kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 0-5 daraj iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, «O‘zgidromet» 1—2 dekabr kunlari havo haroratining keskin ko‘tarilishi fonida respublika bo‘yicha shamol tezligi kuchayishi, ayrim viloyat va tumanlarda changli bo‘ron hamda chang g‘uborlari ko‘tarilishi kuzatilishi mumkinligidan ogohlantirgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » «O‘zgidromet» 2 dekabr kuni qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi