7 269
O‘zbekistondagi nufuzli OTMga kirmoqchi bo‘lgan talabadan 40 ming dollar talab qilishdi
O‘zbekistondagi nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biriga kirmoqchi bo‘lgan talabaning opasidan 40 ming dollar so‘raldi, deya xabar bermoqda “Adolat ko‘zgusi” gazetasi.
Ma’lum bo‘lishicha, ayol o‘zining abiturient ukasi o‘qishga kirishi oson bo‘lishi uchun “tanish-bilish”, “tanka” topishga harakat qilgan va, gazeta yozilishicha, “har yili abiturientlarni turli institutlarga kiritish bilan tirikchilik qiluvchi” shaxsni topgan.
“Institutlarning narxi har xil. Siz aytayotgangiz esa judayam qimmat. Kamida 40 ming dollar berishingiz kerak”, – degan vositachi shaxs. Xabarda ayol o‘z ukasini qaysi OTMga olib kirmoqchi bo‘lgani ma’lum qilinmagan.
Ikki tomon bir to‘xtamga kelib, pulni oldi-berdi qilish uchun ma’lum bir vaqtni kelishishgan. Biroq ayol vositachida shubhalanib, bu holat haqida Bosh prokuratura huzuridagi SVOJJDLQK departamenti Toshkent shahar boshqarmasiga murojaat qilgan.
“O‘tkazilgan tezkor tadbir darayonida [vositachi shaxs] ayoldan uning ukasini oliy o‘quv yurtlaridan biriga o‘qishga kiritish masalasini hal qilib berish va’dasi bilan 40 ming dollarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi”, – deyiladi gazeta xabarida.
Qayd etishlaricha, sud tomonidan vositachi shaxsga 10,5 yilga ozodlikdan mahrum etish etish jazosini tayinlagan. Xabarda vositachi shaxs bungacha qancha abiturient qancha haq evaziga qaysi OTMlarga kiritib qo‘yganiga aniqlik kiritilmagan.
Manba: www.kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi