12:05 / 10.09.2016
7 139

Rossiya IIV polkovnigining uyidan sakkiz mlrd rubl musodara qilindi

Rossiya IIV polkovnigining uyidan sakkiz mlrd rubl musodara qilindi

Rossiya tergovchilari, mamlakat IIV "T" boshqarmasi rahbari o‘rinbosari Dmitriy Zaxarchenkoning uyida tintuv o‘tkazishganda, uning uyidan 8 mlrd rublga teng xorijiy valyuta musodara qilingan, deb xabar qilmoqda "Kun" nashri RIA Novostining huquq idoralaridagi manbasiga tayanib bergan ma’lumotiga iqtibos keltirgan holda.

"Polkovnik Zaxarchenkoning uyidagi tintuv hozirgina yakunlandi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, undan yirik miqdorda dollarlar olingan. Xorijiy valyuta qiymati 8 milliard rublga yaqin", — degan manba agentlik bilan suhbatda.

"Mablag‘ning yakuniy miqdori ma’lum emas. Hozircha faqat uydagi naqd pul musodara qilindi. Bu yo‘nalishda ish olib borilayapti", — deb qayd etgan manba.

Rossiya IIV korrupsiyaga qarshi kurash rahbari o‘rinbosari Zaxarchenko yirik miqdorda pora olayotgan vaqtda qo‘lga olingan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiya IIV polkovnigining uyidan sakkiz mlrd rubl musodara qilindi