Germaniyada 12 yoshli bola otasining yuk mashinasini olib qochib, yo‘ldan do‘stini olib, uyidan 200 km uzoqlikda yashovchi bobo va buvisinikiga yo‘l oldi, deb xabar bermoqda "Kun" nashri.
8 sentyabrda Saksoniyadagi Xemnis shahri yaqinida ikki o‘g‘il bola ota-onasi polisiyaga o‘z farzandlarining yo‘qolib qolganini ma’lum qilishgan. Polisiya hisobotiga ko‘ra, "mahalliy polisiya hamda bavariyalik polisiyachilar tomonidan zudlik bilan tegishli choralar ko‘rilgan".
Aniqlanishicha, ikki do‘st qo‘shni Bavariya shimolidagi Bamberg shahriga bobo va buvilarinikiga yo‘l olishgan. Ular 209 km yo‘l bosib, manzilgacha hech qanday ko‘ngilsizliklarsiz etib kelishgan. Bolalar ota-onalari bilan gaplashgach, ularga bobolarinikida tunni o‘tkazishga ruxsat berilgan.
Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, bu o‘ylanmasdan qilingan ish bo‘lmagan, chunki mashinani olib qochgan bola o‘zining bu rejasidan ota-onasini xabardor qilgan, biroq ko‘rinishicha, ota-ona farzandining gaplariga ishonmagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi...
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?