12:48 / 12.09.2016
6 997

AQShda noma’lum kishi Powerball lotereyasining 487 mln dollarlik jekpotini yutib oldi

AQShda noma’lum kishi Powerball lotereyasining 487 mln dollarlik jekpotini yutib oldi

AQShda 11 sentyabr kuni Powerball lotereyasida 487 million dollar o‘ynaldi va mukofot o‘z egasini topdi. G‘olibning shaxsi hozircha ma’lum emas, ammo u yutuqli chiptani 30 iyul kuni Nyu-Hempshir shtatidagi 10 ming kishi istiqomat qiladigan Reymond shahrida sotib olgan.

Bu tarixda yutuq miqdori jihatidan sakkizinchi jekpot bo‘ldi.

Yutuqning salkam 40 foizini davlatga soliq tarzida to‘lashga to‘g‘ri keladi va g‘olibga 330,6 mln dollar tegadi.

Ma’lumot uchun, Powerball AQShdagi 44 shtat, Vashington, Kolumbiya okrugi, Puerto-Riko va Virginiya orollarida o‘ynaladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » AQShda noma’lum kishi Powerball lotereyasining 487 mln dollarlik jekpotini yutib oldi