O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida qator lavozim o‘zgarishlar yuz berdi. Bu haqda “Postda” gazetasiga asoslanib "Kun" nashri yozmoqda.
Ma’lumotga ko‘ra, polkovnik Saidkarim Nishonboyev O‘zbekiston IIV boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Aytbay Temirxanov esa Qoraqalpog‘iston ichki ishlar vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Bundan tashqari, Polkovnik Alisher Ergashev O‘zbekiston IIV Huquqbuzarliklarning oldini olish bosh boshqarmasi boshlig‘i, Nodir Qurbonov esa IIV Jinoiy qidiruv va terrorizmga qarshi kurash bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ish yuritadigan bo‘ldi.
Farg‘ona viloyati ichki ishlar organlarida ham lavozim o‘zgarishlari amalga oshirildi. Jumladan, podpolkovnik Farrux O‘sarov viloyat IIB Huquqbuzarliklarning oldini olish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga, podpolkovnik Rahmonali Musaev Farg‘ona shahar ichki ishlar boshqarmasiga, podpolkovnik Azimjon Yuldashev Qo‘qon IIBga, podpolkovnik Qudratjon O‘rinboyev Quvasoy ichki ishlar bo‘limiga, podpolkovnik Ziyohidin G‘afurov Uchko‘prik tuman IIBga rahbar etib tayinlanishgan.
Podpolkovnik Otabek Saydahmedov Samarqand viloyat Qo‘shrabot tuman ichki ishlar bo‘limini boshqaradi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi