19:02 / 18.09.2016
7 476

Toshkentda ichida yo‘lovchilar bo‘lgan marshrutka ag‘darilib ketdi

Toshkentda ichida yo‘lovchilar bo‘lgan marshrutka ag‘darilib ketdi

Bugun soat 9da Toshkent shahrining Chilonzor tumani hududida Lacetti va «Gazel» markasidagi yo‘nalishli taksi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan, deb yozmoqda "Kun" nashri. Ushbu ikki transport vositasi to‘qnashishi oqibatida ichida yo‘lovchilar bo‘lgan 29-yo‘nalishdagi marshrutka ag‘darilib ketgan.

Guvohlarning ma’lumotlariga ko‘ra, avariya aynan «Gazel» haydovchisi sababchi bo‘lgan. U bu vaziyatda tezlikni oshirgandi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q.

Nuz.uz nashri ma’lumotiga ko‘ra, marshrutkaning bir necha yo‘lovchisi jarohatlangan holda shifoxonaga olib ketilgan.







arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda ichida yo‘lovchilar bo‘lgan marshrutka ag‘darilib ketdi