13:23 / 20.09.2016
10 366

Ramzan Qodirov Chechen ayollari kuni bayramiga sovut kiygan holda tashrif buyurdi

Ramzan Qodirov Chechen ayollari kuni bayramiga sovut kiygan holda tashrif buyurdi

Checheniston respublikasi rahbari Ramzan Qodirov Rossiyadagi saylovlar kunida o‘tkazilgan Chechen ayollari kuni bayramiga sovut va dubulg‘a kiyib, nayza ko‘targan holda keldi, deyiladi "Kun" nashrida.

Ramzon Qodirov Checheniston rahbari saylovlarida 97,05 foizlik ovoz yig‘di.

"Ovoz berish ishlari yakunlandi. Men Chechen ayollari kuni munosabati bilan tashkil qilingan bayramga tashrif buyurdim. "Sofiya" saroyida yuzlab xotin-qizlar to‘plangan. Men avval ham aytib o‘tganimdek, chechen ayollari ko‘plab og‘ir kunlarni boshdan kechirishgan. Hozir esa ular hayotdan bahra olib yashaydigan davr kelgan. Ular endi o‘z farzandlari va yaqinlari hayotidan xavfsirashlariga hojat yo‘q. Biz har yili chechen ayollari fan va madaniyat sohalarida yangi yutuqlarga erishayotganidan mamnun bo‘lmoqdamiz. Men barcha chechen ayollarini qutlayman. Barcha qizlarga sovg‘alar berildi", deya yozgan u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ramzan Qodirov Chechen ayollari kuni bayramiga sovut kiygan holda tashrif buyurdi