Ukraina prezidenti Petr Poroshenko Nyu York shahrida AQSh prezidentligi uchun demokratlar partiyasi nomzodi Hillari Klinton bilan uchrashdi, deb xabar berdi "Kun" nashri.
"Men uchun bu uchrashuv juda muhim. Men Ukraina suvereniteti, hududiy yaxlitligi va mustaqilligini, shuningdek, so‘nggi ikki yilda o‘tkazilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi aniq qarashingiz uchun minnatdorman", – degan Poroshenko Klinton bilan uchrashuvda.
O‘z navbatida, AQSh prezidentligi uchun nomzod, Ukrainada qanaqa islohotlar o‘tkazilayotganini bilishga qiziqqan.
"Bu Ukrainaning taraqqiyotini va Rossiya agressiyasi sharoitida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarni muhokama qilish uchun yaxshi imkoniyatdir", – degan Klinton.
Eslatib o‘tamiz, Poroshenko BMT Bosh assambleyasining 71 sessiyasida ishtirok etish uchun Nyu Yorkda bo‘lib turibdi. U, shuningdek, sessiya doirasida AQSh prezidenti Barak Obama bilan ham uchrashadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi