O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston qahramoni Abdulla Oripov 2 sentyabr kuni vafot etgan O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovga atab marsiya yozdi. She’r matni "Kun" nashrida ham e’lon qilingan.
Bir xabar tarqaldi,
Yarim tun edi,
Go‘yo g‘am seliga botdim, yo‘qoldim.
Kimdir yo‘lboshchidan ayrildik dedi,
Men-chi, aziz do‘stdan ayrilib qoldim.
Kimning xayoliga kelmishdir axir,
Birdan qulab tushsa buyuk bir chinor.
Alam bo‘g‘zimizda achchiq va taxir,
Bu g‘amning na cheki na chegarasi bor.
Ketdi nogahonda aytmay biror so‘z,
Hijron oloviga barchani tashlab.
O‘zbek osmonida so‘ndi cho‘ng yulduz,
Katta-yu kichikning ko‘zini yoshlab.
Biz — noqis bandalar, o‘ylamay goho,
Boshimiz silagan qo‘lni tishladik.
Yuz yillab teskari aylandi dunyo,
O‘z emas, o‘zgalar uchun ishladik.
Biz — ojiz bandalar, anglamay turib,
Birovning zabonin sanadik afzal.
Shu yurt daholarin bilib va ko‘rib,
Begona zotlarga yasadik haykal.
Bosqin tepamizda turar edi zil,
Uni tag-tubidan buzmoq shart edi.
Asriy vayronaning o‘rnida dadil,
Yangicha mamlakat tuzmoq shart edi.
Foniy bu dunyoning baland-pastiga,
Teran nazar tashlab o‘tdi bu Inson.
Millat qadri deya yashab aslida,
Xalqining dardiga bo‘loldi darmon.
Bugun judolik bor gar qalbimizda,
Lekin g‘urur yashar havas qilgulik.
Abadiyat o‘sdi ko‘z oldimizda,
Shundoq yonimizdan o‘tdi Mangulik.
Abdulla Oripov,
O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston Xalq shoiri “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin