Dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingini tuzuvchi THE World University Rankings'da so‘nggi 12 yilda birinchi marta AQSh universitetlari birinchilikni qo‘ldan boy berishdi. Yangi reyting Britaniyaning Times Higher Education (THE) jurnalida taqdim etildi, deyiladi "Kun" nashri xabarida.
Dunyoning eng yaxshi universiteti nomi Britaniyadagi Oksford universitetiga nasib etdi. Oxirgi 5 yil ro‘yxatda etakchilik qilgan Kaliforniya texnologiya instituti esa reytingning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi. Kuchli uchlikka AQShning Stenford universiteti yakun yasadi.
4-o‘rin Kembrij universiteti (Buyuk Britaniya), 5-o‘rin Massachusets texnologiya instituti (AQSh), 6-o‘rin esa Harvard universiteti (AQSh) tomonidan band etildi. Priston universiteti (AQSh) 7-o‘rin, London Imperiya kolleji (Buyuk Britaniya) 8-o‘rinni egalladi. Reytingning 9-pog‘onasidan Shveysariya Federal texnologiya universiteti va 10 pog‘onasidan Berklidagi Kaliforniya universiteti (AQSh) joy oldi.
Tadqiqot natijalari reytingda odatdagidek Qo‘shma Shtatlari va Buyuk Britaniya oliy ta’lim muassasalari etakchilik qilayotganini ko‘rsatdi. Reytingdagi 980 o‘quv dargohidan 148tasi AQSh va 91tasi Birlashgan Qirollik universitetlariga to‘g‘ri keladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?