Xitoyning Chjeszyan viloyatidan bo‘lgan amaldor loydan yurib, poyabzalini kir qilishni istamagani uchun ishdan mahrum bo‘ldi. Bu haqda "Kun" nashri xabar beradi.
Bao Syuyveyni juma kuni Meranti tayfunidan jabrlanganlar hududida suratga olishdi. Suratda ko‘rinib turibdiki, ikki erkak amaldorni ko‘tarib, loyqa ko‘lmak ustidan olib o‘tmoqda. Bu surat internetda paydo bo‘lgach, Baoni ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tanqid ostiga olishdi.
Hukumat tanqidga e’tibor qaratdi va amaldorni o‘z vazifasidan ozod etdi. Baoning so‘zlariga ko‘ra, bu tushunmovchilik sabab yuz bergan: o‘sha kuni u jabrlanganlar hududiga rasmiy uchrashuvdan so‘ng tashrif buyurgan va ish poyabzalini suv o‘tkazmaydiganiga almashtirishga ulgurmagan. U quruqroq erga o‘tishga uringanida, sug‘urta kompaniyasining ikki ishchisi uni qo‘lidan ushlab, katta ko‘lmak ustidan olib o‘tishgan. Bu esa bor-yo‘g‘i bir necha soniya davom etgan.
Amaldorni olib o‘tgan xodimlar bu so‘zlarni tasdiqlashdi: ularning so‘zlariga ko‘ra, erkaklar xuddi shunday yo‘l bilan nafaqat Baoga, balki boshqa kishilarga ham yordam berishgan. Voqeani suratga olgan fotosuratchi janjal uchun uzr so‘radi va u shunchaki insonlar bir-biriga qay tariqa yordam berayotganini ko‘rsatishga uringanini aytdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Ukraina 100 km dan ortiq parvoz masofasiga ega kamikadze dronini yaratdi
Futzal. Qirg‘izistonliklar amaldagi Osiyo chempionini mag‘lub etishdi