14:46 / 26.09.2016
9 345

Dakka aeroportidagi chiqindi qutisidan 3 kilogramm oltin topildi

Dakka aeroportidagi chiqindi qutisidan 3 kilogramm oltin topildi

Bangladesh bojxona xodimlari Dakka shahridagi Hazrat Shoxjalol xalqaro aeroportidagi chiqindi qutisidan 3 kilogramm oltin topib olishdi. Bu haqida "Kun" nashri ma’lum qildi.

Bojxona xodimlari kontrabandachilarning aeroportga kelgani haqida ma’lumot olishgan. Qidiruv operasiyasi natijasida ular immigrasiya zonasidagi chiqindi qutisidan 10ta oltin yombi topishgan.

"O‘ylashimizcha, taxminiy kontrabandachilar ofiserlarimizning faollashib qolganini sezib, oltinlardan qutulishga qaror qilishgan", - dedi bojxona xizmati xodimi Mo‘ynul Xon.

Topilmaning bozor narxi 190 ming dollarga baholanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Dakka aeroportidagi chiqindi qutisidan 3 kilogramm oltin topildi