11:31 / 07.10.2016
9 014

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanida faol yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanida faol yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi tashabbusi bilan taniqli san’atkorlar, Olimpiada chempionlari ishtirokida o‘tgan tadbirda 300 dan ortiq yosh fermer va tadbirkor, korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan faol yoshlar, “Kamolot” etakchilari, yosh o‘qituvchi va sportchilar qatnashdi.

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida yosh avlodning har tomonlama barkamol ulg‘ayishi, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallashi uchun yaratilgan keng imkoniyatlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi. Uchrashuvda ana shu imkoniyatlardan samarali foydalanayotgan yoshlarning intellektual salohiyati, ijodkorligi, tashabbuskorligi, ilm-fan sohasidagi yutuqlarini e’tirof etish bilan birga, ayrim muammolar, taklif va mulohazalar ochiq-oydin bayon etildi, deb xabar beradi O‘zA.

Karate bo‘yicha joriy yilda o‘tkaziladigan jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan 52-umumta’lim maktabi “Kamolot” boshlang‘ich tashkiloti etakchisi Abdulla Davlatov tumanda “Yoshlar markazi”ni tashkil etish taklifini bildirdi.

– Bunday markaz orqali yoshlarning kuch-g‘ayratini aniq maqsadlar sari yo‘naltirish, ularni yanada jipslashtirish mumkin, – deydi u. – Eng muhimi, ko‘plab tengdoshlarimiz bo‘sh vaqtini mazmunli va maqsadli o‘tkazish imkoniga ega bo‘ladi.

Uchrashuvda yoshlar tomonidan akademik lisey va kasb-hunar kollejlarini imtiyozli diplom bilan tugatgan o‘quvchilarga oliy o‘quv yurtlariga kirishda imtiyozlar berish, yosh oilalar uchun 48 xonadonli 4 qavatli “Kamolot” uyi qurilishini kelgusi yil manzilli dasturiga kiritish, bu uylarni imtiyozga ega bo‘lmagan yosh oilalarga ham berish zarurligi, yosh tadbirkorlar uchun imtiyozli kredit mablag‘lari, er maydonlari ajratish yuzasidan taklif-mulohazalar bildirildi.

Yoshlar bilan bunday muloqotlar Xo‘jayli, Chimboy, Taxtako‘pir tumanlarida ham o‘tkazildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanida faol yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.