9 370
Lola Karimova rassom Javlon Umarbekovning asarlari to‘plami nashr etilgani haqida xabar qildi
“Sen yolg‘iz emassan” xayriya jamg‘armasi raisi, O‘zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakili Lola Karimova-Tillyaeva O‘zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakolatxonasi tomonidan O‘zbekiston xalq rassomi Javlon Umarbekovning asarlari to‘plami nashr etilgani haqida xabar berdi. Ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ommaga yuzlanar ekan, Karimova-Tillyaeva quyidagilarni yozib qoldirdi. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar berdi.
“O‘zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakolatxonasi zamonaviy o‘zbek tasviriy san’atining eng yorqin namoyondalaridan biri bo‘lmish, atoqli rassom Javlon Umarbekovning asarlari to‘plamini nashr etdi. Ushbu nashr buyuk rassomning nafaqat hayoti va ijodining muhim bosqichlari, balki qariyb yarim asrlik ijodiy yo‘li davomida zamonaviy o‘zbek san’atiga qo‘shgan ulkan hissasini yoritib berishni o‘z oldiga maqsad qilib olgan.
Javlon Umarbekovning serqirra ijodi xalqimizning boy madaniy va tarixiy an’analari-yu adabiy merosini o‘zida mujassam etgan hamda sharq va g‘arb madaniyatlarining o‘zaro ta’siridan ilhom olgan.
Umarbekov asarlari tasviriy san’atning yuksak mahorat bilan yaratilgan mevasi bo‘libgina qolmay, insonlar va ona zamin qiyofasida mujassam etilgan ijodkor jonli tafakkurining mahsuli hamdir.
Ustoz san’atkoring boy ijodiy merosi mamlakatimizning chinakam faxriga aylangandir. Uning haqiqat, go‘zallik, ezgulik va donolik kabi tushunchalarni ifoda etuvchi asarlari, san’at yangi yoki eski bo‘lishi mumkin emasligini namoyon etadi. San’at hamisha yosh va abadiydir”. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?