20:37 / 22.10.2016
5 981

Parvoz vaqtida krossovkasini yo‘qotib qo‘ygan parashyutchi uni quvib etishga muvaffaq bo‘ldi

Parvoz vaqtida krossovkasini yo‘qotib qo‘ygan parashyutchi uni quvib etishga muvaffaq bo‘ldi

Texaslik parashyutchi 3000 metrlik balandlikda krossovkasini tushirib qo‘ydi, lekin bunday kutilmagan vaziyatda o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi va unga etib oldi. Uning dubulg‘asiga o‘rnatilgan kamera bu jarayonni muhrlashga ulgurdi.

Video qahramonlari ikki nafar parashyutchi qo‘l ushlashib samolyotdan sakraydigan tryukni ijro etishayotgan edi. Bunda ulardan birigina parashyutni ochishi kerak bo‘lgan. Shundan keyin ular yoki ajralishi, yo bo‘lmasa, bir parashyut ostida erga tushishlari mumkin bo‘lgan.

Biroq bu safar barchasi rejadagidek chiqmadi. Operator parashyutni ochganda uning sherigi to‘satdan ajralib qoldi. U bilan birga krossovka ham uchib ketdi. "Poyabzalni quvish" jarayoni taxminan bir kilometr masofagacha davom etdi, lekin oxir-oqibat parvoz barcha uchun muvaffaqiyatli yakun topdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Parvoz vaqtida krossovkasini yo‘qotib qo‘ygan parashyutchi uni quvib etishga muvaffaq bo‘ldi