20:21 / 27.10.2016
9 573

Atambaev Mirziyoyevni prezident bo‘lishiga umid bildirmoqda

Atambaev Mirziyoyevni prezident bo‘lishiga umid bildirmoqda

26 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atambaev telefon orqali suhbatlashishdi. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidentining rasmiy saytida xabar berilgan, deyiladi "Diydoraziz" nashrida.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlarini har tomonlama rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Almazbek Atambaev O‘zbekiston hukumati ikki tomonlama hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratgani, ikki davlat o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash chora-tadbirlarini olib borgani uchun Shavkat Mirziyoyevga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Shuningdek, qardosh xalqning tinchligi mustahkam bo‘lishi va rivojlanishiga tilakdosh ekanini aytib o‘tdi.

Shu kuni Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atambaev qator davlatlar elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilish marosimi chog‘ida O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning mamlakat rahbari etib saylanishiga umid qilayotganini bildirgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Atambaev Mirziyoyevni prezident bo‘lishiga umid bildirmoqda