21:05 / 01.11.2016
13 488

Aktyor Matyoqub Matchonov amnistiyaga asosan mahbuslikdan ozod etildi.

Aktyor Matyoqub Matchonov amnistiyaga asosan mahbuslikdan ozod etildi.

31 oktyabr kuni tushlikdan keyin taniqli aktyor Matyoqub Matchonov, O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning amnistiya to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq, sud zalidan ozod qilindi, deb xabar beradi "Podrobno" nashri.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Matyoqub Matchonov 4 iyulda maxsus xizmat xodimlari tomonidan hibsga olingan edi.

60 yoshli Matchonov O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 189-moddasi (Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish), 184-moddasi (Soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash), 186-moddasi (Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish), 243-moddasi (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bo‘yicha ayblangandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor mahkama jarayonida o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni rad etgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Aktyor Matyoqub Matchonov amnistiyaga asosan mahbuslikdan ozod etildi.