20:29 / 10.11.2016
9 432

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni AQSh prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni AQSh prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi

O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev 2016 yilning 10 noyabr kuni Donald Trampni saylovdagi ishonchli g‘alabasi va AQSh prezidentligiga saylanganligi munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda "Daryo" xabar bermoqda.

«O‘zbekiston rahbari AQSh bilan strategik sherikchilik munosabatlarining barqaror rivojlanayotganligini ta’kidladi», — deyiladi O‘zbekiston TIV axborotida.

Vazirlik axborotida qayd etilishicha, «Shavkat Mirziyoyev Donald Trampga sog‘lik-salomatlik va mas’uliyatli davlat mansabida ulkan muvaffaqiyatlar, butun AQSh xalqiga esa tinchlik, osoyishtalik va taraqqiyot tiladi».

Ma’lumot uchun, Respublikachilar partiyasi vakili Donald Tramp AQShda 8 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan prezident saylovida tanlovchilar hay’ati ovozlariga ko‘ra demokrat Hillari Klintonni ortda qoldirib, mamlakatning 45-prezidentiga aylandi.

Donald Tramp 2017 yil yanvardan AQSh prezidenti lavozimini bajarishga kirishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni AQSh prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi