Aktrisa Zarina Nizomiddinova «Shok.uz» saytiga bergan intervyusida nima uchun bir vaqtlar qo‘riqchi yollagani-yu, so‘ng ularning xizmatidan voz kechgani haqida gapirdi, deydi "Diydoraziz" nashri.
«Ahamiyat bergan bo‘lsangiz, ko‘p xonandalarimiz qo‘riqchi bilan yuradi. ‘Administratorim’ deb tanishtirishsa-da, lekin ular qo‘shimchasiga qo‘riqchilik ham qiladi. Bir-ikki marta menga yoqmaydigan voqea-hodisalar bo‘ldi, yigitlar yoqmaydigan gaplarni aytishdi, shilqimliklar qilishdi. Shundan keyin men ham qo‘riqchi bilan yuraqolay, degan qarorga keldim», — deydi aktrisa.
«Ikki marta, shekilli, qo‘riqchidan foydalandim, lekin qo‘riqchi bilan yurish menga yoqmadi. Bu narsa menga emas ekan. Birinchidan, erkinlikka o‘rganganman. Ikkinchidan, o‘sha shilqimlarga ahamiyat bersam, ular bilan adi-badi aytishsam, o‘zimga yomon. Yonimda qo‘riqchi bilan yurgandan ko‘ra, jahlim, fe’l-atvorim ustida ishlaganim yaxshiroq, degan fikrga keldim», — deya qo‘shimcha qildi Zarina Nizomiddinova. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?