14:16 / 19.11.2016
7 374

Erdo‘g‘an O‘zbekistondagi saylovdan ko‘p narsa kutayotganini yashirmadi

Erdo‘g‘an O‘zbekistondagi saylovdan ko‘p narsa kutayotganini yashirmadi

Turkiya O‘zbekiston bilan o‘zaro munosabatlarda yangi darajaga chiqishi lozimligini aytgan Rajab Toyib Erdo‘g‘an “Bu faqatgina hamkorlik uchun emas, o‘zaro tarixan bir-birimiz bilan bog‘liqligimiz, qardosh xalqlar bo‘lganimiz uchun xam muhimdir. Bu hamkorlik esa ijobiy natija berishiga ishonaman”, deya ta’kidlab o‘tdi.

Ikki davlat o‘rtasidagi har sohadagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish haqida so‘zlagan Turkiya rahbari nutqi so‘nggida quyidagilarni qo‘shimcha qilgan.

“Biroz avval aytganimdek, saylovdan so‘ng prezidentlik darajasidagi ilk tashrif O‘zbekistondan o‘lkamizga va bizning mamlakatdan O‘zbekistonga uyushtiriladi. Biz bu masalaga yuksak qaraymiz. Davlatlarimizning Tashqi ishlar vazirlari o‘tgan oyda Toshkentda uchrashuvlar o‘tkazishdi. Uchrashuv yakuniga ko‘ra, biz bir yo‘l xaritasini chizdik. Bu hujjatga O‘zbekiston tarafdan muhim hissa va takliflar kutyapmiz. Kutilgan natija olinsa, qisqa vaqt ichida bu loyiha amalga oshadi”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Erdo‘g‘an O‘zbekistondagi saylovdan ko‘p narsa kutayotganini yashirmadi