Kuba rahbarii Fidel Kastro vafoti munosabati bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kuba Davlat Kengashi raisi Raul Kastroga qo‘ng‘iroq qildi, deb xabar qilmoqda Kreml matbuot xizmati.
Suhbat davomida Vladimir Putin “Fidel Kastro o‘z Vataniga fidokorona xizmat qilgan patriot, Kuba halqi muhabbatini va xalqaro hamjamiyat hurmatini qozongan yorqin siyosiy arbob bo‘lganligini” aytib o‘tdi.
Shuningdek, prezident Rossiya va Kuba do‘stligi va xalqaro maydondagi strategik hamkorligi qad ko‘tarilishiga Fidel Kastroning hissasi ulkan bo‘lganligini ham ta’kidladi.
“Raul Kastro Rossiya prezidentiga hamdardlik so‘zlari uchun minnatdorchilik bildirib, uni Kuba bundan keyin ham o‘z yo‘nalishini o‘zgartirmasligiga va Rossiya bilan har tomonlama hamkorlik munosabatlarini rivojlantirishiga ishontirdi”, — deyilgan matbuot xizmati xabarida.
Eslatib o‘tamiz, kecha 26 noyabr kuni Kuba revolyusiyasining «otasi», mashhur Fidel Kastro vafot etgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi