Xalqaro geofiziklar jamoasi pastki mantiyaning yuqori qatlamida tarkibida suv bo‘lgan suyuqliklar borligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri isbot topishdi. Bu Er yuzasidan ming kilometr chuqurlikda joylashgan, deb xabar qiladi Kun.uz.
Olimlar taxminan 90 million yil avval, Er yuzasiga hozirgi Braziliyadagi San-Luis daryosi yaqinida vulqon otilishi natijasida chiqarib tashlangan olmosni tahlildan o‘tkazishdi. Mineral infraqizil mikroskopiya yordamida aniqlangan.
Olmosning oraliq qismlarida joylashgan begona narsalar, unga ehtimoliy suv bilan tushgan gidroksil ionlar bilan bog‘liqdir. Tadqiqot davomida uning kimyoviy tarkibi ham aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, ularning asosiy qismi ferriperiklazdan (magneziovyustit) iborat ekan.
Ferriperiklaz temir va magniy oksidlaridan tarkib topib, o‘ta yuqori harorat va bosimda xrom, alyuminiy va titanni o‘z ichiga qabul qilib yuborishi mumkin. Shu bilan bir qatorda, mineralda ushbu qo‘shimchalar topilmadi. Bu esa mualliflarga olmos deyarli ming kilometr chuqurlikda paydo bo‘lgani haqidagi fikrni bildirishlariga turtki bergan.
Olimlarning tadqiqoti sayyorada suvning paydo bo‘lishini tushuntirib berishda muhim o‘rin tutadi. Mualliflarning ta’kidlashicha, ular ilk bor shunday chuqur mantiya qatlamida suv borligiga isbot topishgan.
Avvalroq, komatit va olivitni o‘rganib chiqqan mutaxassislar Er yuzasidan 410-660 kilometr chuqurlikda taxminiy yoshi 2,7 milliard yil bo‘lgan ummon borligi haqida ma’lum qilishgandi. Uning hajmi Jahon okeanlaridan bir necha barobar katta ekani xabar berildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?