22:04 / 29.11.2016
7 075

O‘zbekistonda 5 kun ichida 41724 kishi muddatidan avval ovoz berdi

O‘zbekistonda 5 kun ichida 41724 kishi muddatidan avval ovoz berdi

Xabaringiz bor 4 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tkaziladi. Ayni kuni saylovda ishtirok etolmaydigan saylovchilar muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.

24 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari muddatidan oldin ovoz berishni boshlagani haqida xabar bergan edik. Muddatidan avval ovoz berish 2 dekabrga qadar davom etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ma’lumot berishicha, 28 noyabr holatiga ko‘ra jami 41 ming 724 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari muddatidan oldin ovoz bergan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 3529 nafar;

Andijon viloyati – 4151 nafar;

Buxoro viloyati – 4858 nafar;

Jizzax viloyati – 754 nafar;

Navoiy viloyati – 2521 nafar;

Namangan viloyati – 2393 nafar;

Samarqand viloyati – 2315 nafar;

Sirdaryo viloyati – 2089 nafar;

Surxondaryo viloyati – 1995 nafar;

Toshkent viloyati – 3724 nafar;

Farg‘ona viloyati – 3339 nafar;

Xorazm viloyati – 2746 nafar;

Qashqadaryo viloyati – 3459 nafar;

Toshkent shahri – 3859 nafar.

Muddatidan avval ovoz berganlar soni shu kungacha Buxoro viloyatida yuqori ko‘rsatkichga ega – 4858 nafar, eng kam ko‘rsatkichli viloyat esa Jizzax bo‘lib turibdi – 754 nafar.

Muddatidan avval ovoz berish uchun O‘zbekiston rkspublikasi fuqarolaridan 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan Prezidenti saylovida qatnasha olmasligi yuzasidan sabablarni keltirgan holda yozma ariza bilan o‘z hududidagi saylov uchastkasiga murojaat qilish talab etiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yilgi O‘zbekiston Prezidenti saylovida jami 21 million 435 ming saylovchi bo‘lib, ularning 10 million 825 mingdan ziyodi xotin-qizlar, 555 mingdan ortig‘i saylovda birinchi marta ovoz berayotgan yoshlar hisoblanadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda 5 kun ichida 41724 kishi muddatidan avval ovoz berdi