13:28 / 03.12.2016
7 347

Metrodagi qalloblar fosh etildi…

Metrodagi qalloblar fosh etildi…

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Kiev metrosidagi yolg‘onchi tilanchilar haqidagi suratlar paydo bo‘lgandi.

Birinchi rasmda yordam so‘rayotgan odam o‘zini juda og‘ir kasal qilib ko‘rsatgan.

Ikkinchi rasmda esa ularning ishdan keyingi holatlari tasvirlangan. Unda «juda og‘ir kasallikka chalingan qiz» mo‘’jiza yuz berib tuzalib ketgani muhrlangan. Suratdan ko‘rinib turibdiki uning sog‘ligidan shikoyati yo‘q.

Suratlarni kievlik facebook` foydalanuvchisi Pavel Nemeryuk o‘z sahifasiga joylagan. «Men savdo markaziga ketayotgandim, deydi u istehzo bilan. Lekin undan oldin ”tomosha”ning yakunini bilgim keldi» — deya suratga ilova qiladi Pavel.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Metrodagi qalloblar fosh etildi…