12:07 / 07.12.2016
6 315

Bloomberg agentligi pessimistlarga 2017 yil uchun qo‘llanma e’lon qildi

Bloomberg agentligi pessimistlarga 2017 yil uchun qo‘llanma e’lon qildi

«2016 yilda Donald Tramp va Brexit dunyoning katta qismini shok holatga keltirdi. Biroq, Bloomberg agentligining o‘tgan yilgi «pessimistlar qo‘llanmasi»ni o‘qiganlar xotirjam qolishdi», — deb ta’kidlaydi agentlik o‘tgan yilgi qo‘llanmasiga ishora qilgan holda.

Mualliflar o‘quvchilar e’tiborini 2017 yilda bo‘lishi mumkin bo‘lgan voqea-hodisalarga qaratadi va ular yangiliklar dasturlarida qaytarzda yoritilishidan ogohlantiradi.

Undagi birinchi ssenariy «Tramplandiya» deb nomlangan. Mualliflarning fikricha, Donald Trampning AQSh saylovlaridagi g‘alabasi ommaviy norozilik namoyishlariga olib keladi. Buning oqibatida Kaliforniyaning AQSh tarkibidan chiqish bo‘yicha harakat («Calexit») kuchayadi. Milliarderlar Ilon Mask va Sheril Sandberg 2020 yilda Trampga qarshi progressiv alyansga etakchilik qiladi.

«Yalta 2.0» deb nomlangan ikkinchi ssenariyga ko‘ra, AQSh va Rossiyaning siyosati GFR kansleri Angela Merkelni qiyin ahvolga solib qo‘yadi. U Evropa harbiy qudratini kuchaytirish yoki Rossiyaning Sharqiy Evropadagi ta’siri borasida kelishuvga erishishdan birini tanlashga majbur bo‘ladi. Buning natijasi o‘laroq, Rossiya SSSR parchalanganidan so‘ng 26 yil o‘tgach, jahon maydonida o‘z obro‘sini tiklab olishga muvaffaq bo‘ladi.

Fransiyada «Miliy front» muxolif partiyasi etakchisi Marin Le Pen davlat rahbari bo‘lib qolishi mumkin. U esa beshinchi respublikani Britaniyadan o‘rnak olgan holda EI tarkibidan olib chiqishi ehtimol.

Shuningdek, AQSh va Xitoyning iqtisodiy urushlari natijasida XXR iqtisodiyoti chuqur turg‘unlik davrini boshidan kechiradi. Kuba esa o‘zining eski qadrdonlari Rossiya va Xitoy bilan ittifoqchilikni rivojlantirishga e’tibor qaratadi.

O‘tgan yili dekabr oyida Bloomberg 2016 yildagi «qora qush»larni taxmin qilgan edi. Ular orasida, Trampning g‘alabasi AQShda iqtisodiy inqirozga sabab bo‘lishi, Eron va Rossiya xakerlari Qo‘shma Shtatlar moliya tizimini vayron qilishi, migrasiya muammosi EI parchalanishiga asos bo‘lishi mumkinligi qayd etilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bloomberg agentligi pessimistlarga 2017 yil uchun qo‘llanma e’lon qildi