11:47 / 09.12.2016
9 938

Moskva, «Bolshaya Polyanka», Islom Karimov haykali…

Moskva, «Bolshaya Polyanka», Islom Karimov haykali…

Rossiya federasiyasi Moskva shahar dumasi haykaltaroshlik san’ati komissiya a’zolari Islom Karimov haykalini O‘zbekiston elchixonasi joylashgan «Bolshaya polyanka» ko‘chasida o‘rnatilishi bo‘yicha loyihani tasdiqladilar. Bu haqida TASS agentligi xabar berganligini Diydoraziz nashri ma’lum qilmoqda.

«Komissiya a’zolari shak shubhasiz haykal aynan Polyanka saylgohida joylashishi kerak, deb bilmoqdalar» -deydi komissiya a’zolaridan biri Igor Voskresenskiy.

Islom Karimov haykalini Moskva shahrida o‘rnatish taklifi O‘zbekistonning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Baxrom Ashrofxonov tomonidan berilgan edi.

Voskresenskiyning so‘zlariga ko‘ra Moskva shahrida marhum davlat rahbarlariga haykal o‘rnatish o‘ziga hos odat tusiga kirgan. Bunga Xo Shi Min, Georgiy Dimitriv va Indira Gandilar haykalini misol qilish mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Moskva, «Bolshaya Polyanka», Islom Karimov haykali…