12:22 / 14.12.2016
9 379

V.Putinning "birinchi muhabbati" oshkor bo‘ldi

V.Putinning "birinchi muhabbati" oshkor bo‘ldi

Rossiya prezidenti Yaponiyaga uyushtiradigan safari davomida jahonning dzyudo bo‘yicha boshqaruvchi tashkiloti — «Kodokan»ni bajonidil ziyorat qilishga so‘z berdi, deb xabar qilmoqda Diydoraziz nashri.
Putin dzyudo — hamkorga nisbatan hurmat, insonlar bilan nafaqat sportda, balki hayotda ham ijobiy munosabat o‘rnatishga yordam berishini e’tirof etib o‘tdi, deb yozgan nashr. Putin shuningdek, bolalikdan ushbu sport turi bilan shug‘ullanganidan nihoyatda mamnunligini e’tirof etib o‘tgan. «Bu, shak-shubhasiz, mening birinchi muhabbatim edi, deyish mumkin. Men sportning boshqa turlarini ham yaxshi ko‘raman: suzishni ham, chang‘i uchishni ham, mana hozir muzda xokkey o‘ynashni o‘rganyapman. Ammo dzyudo — bu shubhasiz, hayotimning bir bo‘lagi, katta bo‘lagi, va men sportdagi mashg‘ulotlarim aynan dzyudon boshlanganidan juda ham xursandman», — deb tan olgan Rossiya etakchisi Yaponiyaning «Nippon» telekompaniyasiga bergan intervyusida. Putin suhbat davomida, o‘ziga Dzigoro Kano — dzyudo asoschisi katta ta’sir o‘tkazganini e’tirof etgan. Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putinning Yaponiyaga safari 15 dekabrdan boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » V.Putinning "birinchi muhabbati" oshkor bo‘ldi